Anri: «Ispaniya Fransiyadan ancha kuchli edi»
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaning Fransiya ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
«Ispaniya nega Yevropa chempioni ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Ular to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Ispaniya Fransiyadan ancha kuchli edi, bunga qo‘shimcha aytadigan gap yo‘q. Endi ularga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yaxshiroq o‘ylab chiqish lozim.
Odamlar Mikel Oyarzabalni yetarlicha qadrlamaydi. Chunki u "Barselona", "Atletiko" yoki "Real Madrid"da emas, balki "Real Sosedad"da o‘ynaydi. Endi esa unga boshqacha munosabatda bo‘lishadi.
Mark Kukurelya esa hayratlanarli darajada o‘ynadi. Ko‘pchilik uni masxara qiladi, ammo maydonda hech kim undan ustun kela olmadi. U 30-daqiqadan boshlab sariq kartochka bilan harakat qildi, shunga qaramay Maykl Olise va Usmon Dembeleni to‘liq to‘xtata oldi. Ularni go‘yo "cho‘ntagiga solib qo‘ydi"», — dedi Anri. Uning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.