locale OZ

Angrenga katta futbol shukuhi qaytmoqda

Mezbonlar 1-tur doirasida «Farg‘ona FA» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angrenga katta futbol shukuhi qaytmoqda
Фото: ОКМК

Angren shahri yana katta futbol hayajoni ostonasida turibdi. Joriy yilning 13-aprel kuni Angrendagi «Markaziy» stadionda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Birinchi ligasining yangi mavsumiga tantanali ravishda start beriladi. Mazkur sana nafaqat sport musobaqasining boshlanishi, balki barcha ishqibozlar uchun chinakam bayramga aylanishi kutilmoqda.

OKMK professional futbol klubi tasarrufidagi «OKMK-Semurg‘» jamoasi yangi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi va 1-tur doirasida «Farg‘ona FA» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Soat 16:30da «Markaziy» stadion yashil maydonida «OKMK Semurg‘» hamda «Farg‘ona FA» jamoalari o‘rtasidagi murosasiz bahs start oladi.

Mazkur uchrashuv Olmaliq va Angren shahri aholisi uchun birdek ahamiyatli bo‘lib, har ikki shahar ahlini yagona maqsad yo‘lida birlashtiradi. Zero, jamoani qo‘llab-quvvatlashda olmaliqliklar va angrenliklar doimo hamjihat bo‘lib, maydonda yagona kuch sifatida namoyon bo‘ladilar. Ushbu birlik jamoaning yangi g‘alabalar sari intilishida asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting