locale OZ

Angola prezidenti Argentinaga qarshi oʻyindan soʻng Messiga maxsus kubok topshirdi

Uchrashuvda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angola prezidenti Argentinaga qarshi oʻyindan soʻng Messiga maxsus kubok topshirdi
FOTO: Getty Images

Angola prezidenti Juan Lorensu Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messiga mamlakat mustaqilligining 50 yilligiga bag‘ishlangan maxsus mukofotni topshirdi.

Futbolchi sovrinni jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng qabul qilib oldi. Unda «albiselesete» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 43-daqiqasida Lautaro Martines 38 yoshli Lionel Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 82-daqiqaga kelib esa Messining o‘zi gol urdi, bu safar Lautaro unga golli pas berdi.

Umuman olganda, 38 yoshli Lionel Mesi Argentina terma jamoasi safida 196 ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu bahslarda u 115 ta gol va 64 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting