locale OZ

Angliyaning uch grandi Matanovichni kuzatmoqda

23 yoshli futbolchining o‘zi ham Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliyaning uch grandi Matanovichni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

"Freiburg" hujumchisi Igor Matanovich Angliya Premyer-ligasi grandlarining qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

Transfer News Live nashri CaughtOffside manbasiga tayanib xabar berishicha, "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" vakillari xorvatiyalik futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 23 yoshli futbolchining o‘zi ham Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Freiburg" Matanovichning narxini sezilarli darajada oshirgan. Endi uni sotib olmoqchi bo‘lgan klub taxminan 50 million funt sterling, ya’ni qariyb 59 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Buning asosiy sababi hujumchining joriy mavsumdagi yorqin o‘yinidir. Matanovich 7 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting