locale OZ

Angliyaning Manchester Siti klubi bu yozda oʻzining muhim futbolchilaridan biridan ayrilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliyaning Manchester Siti klubi bu yozda oʻzining muhim futbolchilaridan biridan ayrilishi mumkin
Angliyaning Manchester Siti klubi bu yozda oʻzining muhim futbolchilaridan biridan ayrilishi mumkin

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva shartnomasi tugagach, "Manchester Siti"dan "Benfika"ga qaytishi mumkin. A Bola nashrining xabar berishicha, u bir nechta klublar bilan muzokaralar boshlagan.

Ma'lumotga koʻra, Silva "Benfika"ga qaytish uchun ish haqini kamaytirishga tayyor. U aynan shu jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Manchester Siti" esa 30 yoshli futbolchini jamoani yangilash maqsadida sotishi mumkin. Shu bilan birga, unga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

2024/25 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda ishtirok etdi, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida futbolchining bozor bahosi 45 million yevroga teng.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting