Angliyaning \"Liverpul\" klubi sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Saloh nega \"Oltin to'p\"ga sazovor bo'lishi kerakligini tushuntirdi
Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Saloh nega "Oltin to'p"ga sazovor bo'lishi kerakligini tushuntirdi
Benites intervyu berib, misrlik hujumchi Muhammad Saloh haqida o'z fikrlarini bildirdi. O'tgan hafta Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha uzaytirdi.
Marca murabbiyning quyidagi so'zlarini keltiradi:
"Futbolchi o'zini yaxshi parvarish qilsa va shunday darajada o'ynashda davom etsa, yoshi ahamiyatga ega emas. Albatta, Saloh "Oltin to'p"ni yutishiga loyiq. Nima uchun yo'q ekan?"
APLning 32-turida "Vest Xem"ga qarshi o'yinda Saloh markaziy hujumchi Luis Diasga golli pas uzatdi. Bu pas Salohning joriy mavsumdagi Angliya chempionatidagi 45-rezultativ harakati bo'ldi. Premyer-ligada Muhammad Saloh 27 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Bakradze Iman
Redaktor