Angliyaning besh futbolchisi yarim finalni o'tkazib yuborish xavfi ostida
Uchrashuv oldidan Angliya terma jamoasining besh nafar futbolchisi ehtiyot bo'lishi kerak.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Foto: Getty Images
Bugun, 12-iyulga o'tar kechasi, 2026-yilgi Jahon chempionati chorak finali doirasida Norvegiya va Angliya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Uchrashuv oldidan Angliya terma jamoasining besh nafar futbolchisi ehtiyot bo'lishi kerak. Ular chorak finalda sariq kartochka olsa, jamoa yarim finalga yo'l olgan taqdirda keyingi uchrashuvni diskvalifikatsiya sabab o'tkazib yuboradi.
Diskvalifikatsiya xavfi ostidagi futbolchilar:
- Deklan Rays
- Jud Bellingem
- Jordan Henderson
- Mark Gexi
- Niko O'Rayli
FIFA reglamentiga ko'ra, ushbu futbolchilardan biri Norvegiyaga qarshi bahsda ogohlantirish olsa, yarim finalda maydonga tusha olmaydi. Shu sababli Tomas Tuxel uchun nafaqat g'alaba, balki asosiy futbolchilarni kartochkalardan asrash ham muhim vazifa bo'lib turibdi.