locale OZ

Angliyada Xusanovga nisbatan hayrat va hurmat: O‘zbekistonning tarixiy yutug‘i e’tirof etilmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

O‘zbekiston milliy jamoasining ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chiqishi nafaqat yurtda, balki xorijda ham katta qiziqish uyg‘otdi. E’tibor markazida bo‘lgan futbolchilardan biri — terma jamoa sardori va “Manchester Siti” a’zosi Abduqodir Xusanov.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xusanovga nisbatan ko‘plab ijobiy fikrlar bildirildi. Ko‘plab muxlislar Pep Gvardiolani yosh himoyachiga ishonch bildirib, unga maydonda ko‘proq imkoniyat berishga chaqirmoqda.

Foydalanuvchi “Football Frenzy” shunday yozdi: “Tabriklayman! ‘Manchester Siti’ bunday natija bilan faxrlanishi kerak”. Yana bir muxlis, Malik-junior, quyidagilarni qo‘shdi: “Yaxshiyamki, Gvardiola uni yana zahirada qoldirmayapti. Xusanov ayrim futbolchilardan ko‘ra maydonga ko‘proq chiqishga loyiq!”

Xusanovga faqat angliyaliklar emas, balki boshqa mamlakatlardan ham qo‘llab-quvvatlov bildirilyapti. Misrlik Mahmud Ahmad: “Xusanovning Misrda ham ko‘p muxlislari bor!”, — deb yozgan. “Peace Agb” esa umumiy fikrni ifoda etdi: “Umid qilamizki, Abduqodir kelasi mavsumda ko‘proq o‘ynaydi”.

Ba’zi foydalanuvchilar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pep Gvardiolaga murojaat qilib, yosh futbolchiga imkoniyat berishni so‘rashdi. Basit Abraxam shunday yozdi: “Pep, Abduqodirning o‘yinidan bahra olish imkoniyatidan bizlarni mahrum qilmang!”

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting