locale OZ

Angliyada irqchilik va kamsitish uchun kamida 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya joriy etiladi

FA ushbu qaror futbolni kamsitish va nafratga qarshi yanada samarali himoya qilish maqsadida qabul qilinganini ta'kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliyada irqchilik va kamsitish uchun kamida 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya joriy etiladi
Foto: Getty Images

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) yangi mavsumdan boshlab irqchilik va boshqa turdagi kamsituvchi xatti-harakatlar uchun jazolarni yanada qat'iylashtirdi. Endilikda bunday qoidabuzarlikda aybdor deb topilgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar kamida 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, jazo irqi, millati, teri rangi, dini, jinsi, jinsiy orientatsiyasi, nogironligi yoki boshqa himoyalangan belgilar asosida kamsituvchi so‘z yoki harakatlar sodir etilgan holatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlansa, diskvalifikatsiya muddati yanada uzaytirilishi mumkin.

FA ushbu qaror futbolni kamsitish va nafratga qarshi yanada samarali himoya qilish maqsadida qabul qilinganini ta'kidladi. Tashkilot so‘nggi yillarda bu borada muayyan yutuqlarga erishilganiga qaramay, diskriminatsiya hanuz futbolning jiddiy muammolaridan biri bo‘lib qolayotganini qayd etdi.

Avval amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, bunday qoidabuzarliklar uchun tavsiya etilgan diskvalifikatsiya muddati 6 tadan 12 tagacha o‘yinni tashkil etardi. Endi esa standart minimal jazo 10 o‘yin etib belgilandi. Faqat alohida yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, jazo kamaytirilishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting