locale OZ

Angliyada 19 yoshli muxlis Mauntni haqorat qilganlikda gumonlanib, hibsga olindi

Hodisa APLning 11-turidan oʻrin olgan «Tottenhem»ga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliyada 19 yoshli muxlis Mauntni haqorat qilganlikda gumonlanib, hibsga olindi
FOTO: Getty Images

London politsiyasi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Meyson Mountni haqorat qilganlikda gumonlangan 19 yoshli muxlisni qo‘lga oldi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Hodisa Angliya Premyer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan «Tottenhem» – «Manchester Yunayted» (2:2) uchrashuvida, 8 noyabr kuni yuz bergan.

Manbaga ko‘ra, stadion xodimlaridan biri muxlisning Mountga nisbatan haqoratli so‘zlar aytayotganini eshitganidan so‘ng uni stadiondan chiqarib yuborgan. Keyin ushbu xodim voqea haqida politsiyaga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, muxlis «atayin bezovtalik, qo‘rquv yoki noqulaylik tug‘dirish» moddasiga muvofiq hibsga olingan va tergov yakuniga qadar garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Meyson Mountning o‘zi esa muxlisning haqoratini eshitmaganini bildirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting