Angliya — YCH saralashida to‘p o‘tkazmagan Yevropaning ikkinchi jamoasi
Angliyaliklar 8 o‘yinda 8 g‘alabaga erishdi.
ФОТО: Getty images
Yevropada jahon chempionati saralash o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashida o‘ziga xos natijaga erishdi.
Inglizlar saralashda birorta ham to‘p o‘tkazishmadi va Yevropada bunday ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. Bungacha Yugoslaviya YCH-1954 saralashidagi 4 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.
Tomas Tuxel jamoasi YCH-2026 saralashidagi 8 o‘yinda ham g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati — 22:0.
YCH-2026 saralashida Ispaniya ham shunday natija qayd etishi mumkin. Buning uchun "qizil furiya" so‘nggi turda Turkiyadan to‘p o‘tkazib yubormasligi kerak.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist