locale OZ

Angliya to‘pga egalik qilish bo‘yicha JCh rekordini o‘rnatdi

Bu haqda Opta xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya to‘pga egalik qilish bo‘yicha JCh rekordini o‘rnatdi
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida to‘p nazorati bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Guruh bosqichi 2-turida Ganaga qarshi o‘yinda (0:0) inglizlar to‘pga 78,8% egalik qildi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, bu 1966 yildan buyon jahon chempionatlari tarixida gol ura olmagan jamoalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shunga qaramay, Angliya o‘yinda to‘liq ustunlikka ega bo‘lganiga qaramasdan, gol urishga muvaffaq bo‘la olmadi va durang qayd etildi.

Inglizlar navbatdagi uchrashuvini 27 iyun kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting