Angliya terma jamoasining to'rt futbolchisi mashg'ulotni o'tkazib yubordi
Angliya terma jamoasining to'rt nafar futbolchisi — Ris Jeyms, Mark Gehi, Deklan Rays va Jordan Henderson 8 iyul kuni AQShning Kanzaz-Siti shahrida bo'lib o'tgan mashg'ulotda ishtirok etmadi. Bu haqda Times Sport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Jeyms, Gehi va Rays individual dastur asosida shug'ullangan. Qolgan 22 nafar futbolchi esa umumiy guruh bilan mashq qilgan.
Jordan Henderson esa qo'lida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanayotgani uchun mashg'ulotni o'tkazib yuborgan.
Jahon chempionati–2026 doirasida:
Mark Gehi turnirda 5 ta o'yin o'tkazgan;
Ris Jeyms 4 ta uchrashuvda ishtirok etgan;
Deklan Rays ham 4 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan Norvegiya — Angliya uchrashuvi 12 iyul kuni bo'lib o'tadi.