locale OZ

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi 6-divizionda o‘ynaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi 6-divizionda o‘ynaydi
Photo: Getty Images

“Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Endi Keroll faoliyatini Tumani Albionda davom ettiradi.

36 yoshli forvard Angliyaning 6-divizionida ishtirok etuvchi “Dagenham” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Keroll o‘tgan mavsumni Fransiyaning “Bordo” jamoasida o‘tkazdi. U yerda 23 ta o‘yinda 11 ta gol urishga erishgan.

“Liverpul”dagi faoliyati davomida ham u 11 ta gol urgan. Angliya terma jamoasida esa 9 ta o‘yinda 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“Dagenham” 2016 yilda qatarilik shayxlar tomonidan sotib olingan edi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting