locale OZ

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi de Bruyneni «Chelsi»da ko'rishni istaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi de Bruyneni «Chelsi»da ko'rishni istaydi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi de Bruyneni «Chelsi»da ko'rishni istaydi

Angliya terma jamoasining sobiq a'zosi va «Chelsi» klubida o'ynagan Jo Koul «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin de Bruyneni London klubi safida ko'rishni xohlayotganini bildirdi.

Blue_Footy ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan so'zlariga ko'ra, Jo Koul shunday degan:
«Agar men «Chelsi» rahbariyatida ishlaganimda, de Bruynedek futbolchini albatta jamoaga taklif qilgan bo'lardim. U hali ham jamoaga foyda keltirishi mumkin - chunki unda g'oliblarcha tafakkur bor».

Kevin de Bruyne 2015 yil avgustidan beri «Manchester Siti» safida to'p suradi. Uning amaldagi shartnomasi 2024/25 mavsumi oxirida tugaydi. Ilgariroq klub va futbolchi shartnomani uzaytirish niyatida emasligi ma'lum qilingan edi. Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting