locale OZ

Angliya terma jamoasining mashgʻulot anjomlari oʻgʻirlab ketildi

Inglizlar Jahon chempionati oldidan gʻalati holatga tushib qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya terma jamoasining mashgʻulot anjomlari oʻgʻirlab ketildi
FOTO: Getty Images

Angliya terma jamoasi Jahon chempionati starti oldidan jiddiy va kutilmagan muammoga duch keldi. The Sun nashri xabariga ko‘ra, ingliz futbolchilarining butsalari, mashg‘ulot uchun kerakli jihozlari va boshqa muhim anjomlari Florida shtatidan Kanzas-Sitiga olib ketilayotgan vaqtda o‘g‘irlangan.

Manbaga ko‘ra, yo‘qolgan buyumlar orasida futbol to‘plari, mashg‘ulot uskunalari, tahliliy texnika, Tomas Tuxel foydalanadigan taktik doskalar hamda massaj stollari ham bo‘lgan.

Angliya terma jamoasi mundial oldidan Floridada tayyorgarlik yig‘ini o‘tkazgan edi. U yerda jamoa Yangi Zelandiya, Kosta-Rika va mahalliy «Mayami Yunayted» klubiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushib, barchasida g‘alaba qozongan.

Jamoa shanba kuni ertalab Kanzas-Sitidagi mehmonxonaga yetib kelgan va shu kunning ikkinchi yarmida mashg‘ulotlarni boshlashi kerak edi. Shu sababli asosiy sport anjomlari oldindan alohida transport orqali yuborilgan. Ammo yo‘lda yuklar o‘g‘irlangani sababli Angliya terma jamoasi mashg‘ulot jarayonini to‘liq reja asosida boshlashda muammoga duch kelgan.

Maʼlumot uchun, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting