locale OZ

Angliya terma jamoasining 13,5 ming funtlik ekipirovkalari oʻgʻirlab ketildi

Jinoyatchilarga nisbatan yetti yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya terma jamoasining 13,5 ming funtlik ekipirovkalari oʻgʻirlab ketildi
FOTO: Getty Images

Ikki nafar jinoyatchi Angliya terma jamoasining Kanzas-Sitidagi mashgʻulot bazasiga ketayotgan yoʻlida jamoaga tegishli boʻlgan jami 13,5 ming funt sterling qiymatidagi buyumlar va ekipirovka qismlarini oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, oʻgʻrilar qoʻlga olinganidan soʻng, ularning yonidan qiymati 250 funt boʻlgan toʻrt juft butsalar, 170 funtlik besh juft poyabzal, shuningdek, Angliya terma jamoasi aʼzolarining dastxatlari tushirilgan bir nechta futbolkalar, Jahon chempionati toʻpi (160 funt) va bir juft darvozabon qoʻlqoplari (120 funt) topilgan.

Bundan tashqari, jinoyatchilar ikkita kalitkoʻrinishidagi yumshoq oʻyinchoq arslon (plyusheviy lev) va Nike Air krossovkasi koʻrinishidagi Lego toʻplamini ham oʻgʻirlashga ulgurishgan.

Taʼkidlanishicha, ashyolarni oʻgʻirlagan erkaklarga nisbatan ayblov eʼlon qilingan boʻlib, ushbu jinoyat uchun etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting