Angliya terma jamoasi yetakchi himoyachisi Norvegiyaga qarshi o‘yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Xabarlarga ko‘ra, himoyachi son mushagidan jarohat olgan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Foto: Getty Images
Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mark Gexi jarohati sabab JCh-2026 chorak finalida Norvegiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, himoyachi son mushagidan jarohat olgan va jamoaning so‘nggi mashg‘ulotida qatnashmagan. Uning maydonga tushishi o‘yin oldidan o‘tkaziladigan yakuniy tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq.
Agar Gexi uchrashuvni o‘tkazib yuborsa, Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoya markazida Den Bern yoki Ezri Konsaga imkon berishi kutilmoqda. Bu esa Erling Holand boshchiligidagi Norvegiya hujumiga qarshi Angliya uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin.