locale OZ

Angliya terma jamoasi jihozlari o‘g‘irlanishi boʻyicha ikkita gumondor qoʻlga olindi

Avvalroq inglizlar mashgʻulot anjomlari tunab ketilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya terma jamoasi jihozlari o‘g‘irlanishi boʻyicha ikkita gumondor qoʻlga olindi
FOTO: Getty Images

Kanzas-Siti politsiyasi Angliya terma jamoasiga tegishli sport jihozlari o‘g‘irlangani bo‘yicha surishtiruv boshlanganini tasdiqladi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, jamoa Kanzas-Sitiga yetib kelganida transport vositasidagi ayrim buyumlar yo‘qolgani aniqlangan. Politsiya holat yuzasidan tergov olib bormoqda va ish bo‘yicha shubha uyg‘otgan ikki shaxs vaqtincha hibsga olingan.

Qayd etilishicha, yo‘qolgan buyumlar orasida Angliya yetakchilari Harri Keyn va Jud Bellingemning butsalari ham bor. Shuningdek, terma jamoa mashg‘ulotlarda foydalanadigan deyarli barcha to‘plaridan ayrilgani, ularning ixtiyorida faqat bitta to‘p qolgani xabar qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17-iyundan 18-iyunga o‘tar kechasi Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting