locale OZ

Angliya Superkubogi 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Bellashuv Kardiffdagi «Millenium» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Superkubogi 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi
ФОТО: Getty images

Angliya superkubogida qaysi jamoalar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

16 may kuni "Manchester Siti" mamlakat kubogi finalida "Chelsi"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada "shaharliklar" bu g‘alaba orqali superkubokda qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritishdi. Raqib "Arsenal" bo‘ladi, chunki "to‘pchilar" APLda kamida 2-o‘rinni kafolatlab bo‘lishgan.

Shunday qilib, Angliya superkubogi uchun o‘yin 16 avgust kuni Kardiffdagi "Millenium" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Arsenal" 79 ochko bilan yetakchilik qilmoqda va 2-o‘rindagi "Siti"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting