locale OZ

Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

«Hall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich eng yaxshi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Photo: EPL

Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Unga ko‘ra, «Hall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich eng yaxshi deb topildi.

Bosniyalik 49 yoshli mutaxassis qo‘l ostida APL debyutanti mavsum boshidagi har ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Birinchi turda «Hall» «Manchester Yunayted»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bahsda «Koventri»ni 1:0 hisobida yengdi. Sergey sovrin uchun kurashda Mikel Arteta, Xabi Alonso va Enso Mareskani ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Yakirovich 2016 yil avgustidan buyon ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi «yo‘lbarslar»ning murabbiyiga aylandi. O‘shanda mukofot Mayk Felanga nasib etgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting