locale OZ

Angliya liga kubogi. «Tottenhem» «Donkaster»ni tor-mor etdi

Tomas Frank shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya liga kubogi. “Tottenhem” “Donkaster”ni tor-mor etdi
ФОТО: Getty images

Angliya liga kubogi 3-bosqichida “Tottenhem” klubi maydonida “Donkaster”ni qabul qildi.

Uchrashuv 3:0 hisobida londonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 14-daqiqada Joau Palinya hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Jey Makgrat o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida — 90+4-da Brennan Jonson “shporlar”ning ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa, Tomas Frank jamoasi ham musobaqaning 1/8 finalga yo‘l olgan so‘nggi ishtirokchisiga aylandi.

Angliya liga kubogi. 3-bosqich
24 sentyabr 2025 yil, chorshanba.
Tottenhem — Donkaster — 3:0
Gollar: 1:0 — Palinya (14'), 2:0 — Makgrat (17', avtogol), 3:0 — Jonson (90+4')

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting