locale OZ

Angliya Liga kubogi. «Siti» «Norvich»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqdi

O‘yinda Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi. Endilikda «Manchester Siti» nimchorakfinalda «Brayton»ga qarshi bellashadi.
Angliya Liga kubogi. «Siti» «Norvich»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqdi
photo: gettyimages
Angliya Liga kubogi
17.09.2026, Yak.
Manchester Siti
5
Norvich
0

Angliya Liga kubogi. «Siti» «Norvich»ni tor-mor etib, keyingi bosqichga chiqdi

O‘yinda Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi. Endilikda «Manchester Siti» nimchorakfinalda «Brayton»ga qarshi bellashadi.

Angliya Liga kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv yakunlandi. «Manchester Siti» o‘z maydonida «Norvich»ga qarshi bellashib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

17 yoshli Samba bellashuvda dublni rasmiylashtirdi. Sherki, Allan va Makaydu ham bittadan gol urdi. Braziliyalik futbolchi uchun bu «shaharliklar» libosidagi ilk golga aylandi. APL

Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi. «Manchester Siti» nimchorakfinalda «Brayton»ga qarshi o‘ynaydi. «Chaykalar» 3-bosqichda «Manchester Yunayted»ni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Angliya Liga Kubogi. 3-bosqich.
Manchester Siti – Norvich 5:0
Gollar:
Samba 29, 54, Sherki 32, Allan 48, Makaydu 90.
Manchester Siti – Ruli, ABDUQODIR HUSANOV, Reys, O'Rayli, Lyuis, Kovachich, Buaddi, Allan (Breytuey, 71), Samba, Ait-Nuri, Sherki (Makaydu, 46).
Norvich – Grimshou, Fisher, Darling, Alvesh, Yongva, Rayt, Fild, Srnas, Slimane (Ture, 71), Diallo (Maghoma, 46) Kvistgarden.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting