locale OZ

Angliya Liga Kubogi. «Man Siti» finalda «Arsenal»ni ishonchli hisobda magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi

Abduqodir Husanov toʻliq oʻynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Liga Kubogi. «Man Siti» finalda «Arsenal»ni ishonchli hisobda magʻlub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Londondagi muhtasham «Uembli» stadionida Angliya Liga Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi yakunlandi. Unda Londonning «Arsenal» hamda «Manchester Siti» jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib borishdi. Mazkur o‘yinda «shaharliklar» 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, kubok egasiga aylanishdi.

O‘yinning 60-daqiqasida «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi, 21 yoshli Niko O'Rayli hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, 64-daqiqada yosh iqtidor sohibi dublni rasmiylashtirdi va o‘yin taqdirini hal qildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, toʻliq maydonda harakat qildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy mavsumda «kanonirlar» va «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida o‘zaro bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Angliya liga kubogi g‘olibligi «Nyukasl»ga nasib etgan edi. O‘shanda «qarg‘alar» finalda «Liverpul» ustidan 2:1 hisobida zafar quchishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting