locale OZ

Angliya liga kubogi. Husanov to‘liq harakat qilgan o‘yinda «Siti» g‘alaba qozondi

"Shaharliklar" final sari yaqinlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya liga kubogi. Husanov to‘liq harakat qilgan o‘yinda «Siti» g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/2 final dastlabki o‘yinida "Nyukasl"ni mag‘lub etdi – 2:0.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida ushbu transfer oynasida 75 million yevro evaziga "Siti"ga o‘tgan Antuan Semenyo hisobni ochdi.

Hakim tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Rayan Sherki mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvda to‘liq harakat qildi va Sherkidan keyingi eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi.

Javob o‘yini 4 fevral kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Angliya Liga kubogi. Yarim final
Nyukasl – Manchester Siti 0:2
Gollar: Semenyo 53, Sherki 90+9

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting