locale OZ

Angliya Liga kubogi. «Chelsi» Uelsda «Kardiff»ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

"Chelsi"ning yarim finaldagi raqibi qur'a natijasiga ko'ra aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Liga kubogi. «Chelsi» Uelsda «Kardiff»ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" Angliya Liga Kubogi 1/4 final bosqichida "Kardiff Siti"ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida londonliklar hujumchisi Alejandro Garnacho hisobni ochdi. 75-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi David Turnbull gol urib javob qaytardi. O'yin yakunida g'alaba to'pini "ko'klar"ning braziliyalik hujumchisi Pedro Neto kiritdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Garnacho dubli bilan yakuniy hisobni belgiladi.

"Chelsi"ning yarim finaldagi raqibi qur'a natijasiga ko'ra ma'lum bo'ladi.

Angliya liga kubogi. Chorak final.

Kardiff - Chelsi - 1:3

Gollar: Garnacho, 57 (0:1). Turnbull, 75 (1:1). Pedro Neto, 82 (1:2). Garnacho, 90+3 (1:3)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting