Angliya Liga Kubogi. Bugun «Arsenal» va «Manchester Siti» bosh sovrin uchun bahs olib boradi
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da «Uembli»da start oladi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 22 mart kuni Londondagi muhtasham «Uembli» stadionida Angliya Liga Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda «Arsenal» hamda «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy mavsumda «kanonirlar» va «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida o‘zaro bahs olib borishgan edi. O‘shanda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etishgan.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Liga Kubogining amaldagi g‘olibi «Nyukasl» hisoblanadi. «Hakkalar» o‘tgan yilgi musobaqa finalida «Liverpul» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edilar.
Nasrullo Karimov
Jurnalist