locale OZ

Angliya Kubogi. Yarimfinal bosqichiga qurʼa tashlandi

Ushbu bosqichning hal qiluvchi uchrashuvlari 25 va 26 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Kubogi. Yarimfinal bosqichiga qurʼa tashlandi
FOTO: Getty Images

Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) o‘z rasmiy saytida Angliya Kubogi yarimfinal bosqichiga tashlangan qur’a natijalarini e’lon qildi.

Yarimfinal juftliklari:

  • «Chelsi» — «Lids Yunayted»
  • «Manchester Siti» — «Sautgempton»

Ushbu bosqichning hal qiluvchi uchrashuvlari joriy yilning 25 va 26 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yarimfinalga qadar jamoalar murakkab yo‘lni bosib o‘tishdi. Xususan, chorak finalda «Manchester Siti» «Liverpul»ni yirik (4:0) hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, «Chelsi» «Port Veyl» ustidan zafar quchdi (7:0). «Sautgempton» esa «Arsenal»dan ustun keldi (2:1). «Lids Yunayted» va «Vest Xem» o‘rtasidagi bahs penaltilar seriyasigacha davom etib, unda «Lids»ning qo‘li baland keldi (2:2, pen. 4:2).

Angliya Kubogi tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa Londonning «Arsenal» klubi bo‘lib, «kanonirlar» hisobida 14 ta sovrin mavjud. Ikkinchi o‘rinda 13 ta g‘alaba bilan «Manchester Yunayted» bormoqda. Kuchli uchlikni esa har biri 8 tadan chempionlikka ega bo‘lgan «Liverpul», «Tottenhem» va «Chelsi» jamoalari yakunlab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting