locale OZ

Angliya Kubogi. «Liverpul» safarda «Vulverhempton»ni mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi

Mersisaydliklar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Kubogi. «Liverpul» safarda «Vulverhempton»ni mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi
ФОТО: Getty images

«Liverpul» Angliya Kubogining 1/8 final bosqichida bo'lib o'tgan bahsda «Vulverhempton» ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda Arne Slot shogirdlari o'yin tashabbusini o'z qo'llariga olishdi. Endi Robertson va Muhammad Salohning ketma-ket gollari mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bahs yakunida Kertis Jons uchinchi golni urib, g'alabani mustahkamladi. Mezbonlar safida Hvan Xi Chhan so'nggi daqiqalarda bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Angliya kubogi. 1/8 final
Vulverhempton — Liverpul 1:3
Gollar: Hvan (90+1) — Robertson (51), Saloh (53), Jons (74).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting