Angliya Kubogi. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi
Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
ФОТО: Getty images
Angliya Kubogining 1/8 final bosqichi doirasida “Manchester Siti” safarda “Nyukasl”ga qarshi bahs olib bordi.
Unda “shaharliklar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Omar Marmush 47 va 65-daqiqalarda gol urib, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi — 3:1.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Angliya Kubogi. 1/8 final bosqichi
“Nyukasl” — “Manchester Siti” 1:3
Gollar: 1:0 — Barns (18), 1:1 — Savinyo (39), 1:2 — Marmush (47), 1:3 — Marmush (65)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist