Angliya Kubogi. «Chelsi» «Lids»ni minimal hisobda magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
Hal qiluvchi bosqichda londonliklar «Man Siti»ga toʻqnash keladi.
FOTO: Getty Images
Angliya Kubogining 1/2 finali doirasidagi «Chelsi» va «Lids Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda londonliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 23-daqiqada Entso Fernandes tomonidan kiritildi.
Angliya Kubogi finalida «Chelsi» jamoasi 16 may kuni «Uembli» stadionida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, ushbu sovrinni eng ko‘p Londonning «Arsenal» klubi qo‘lga kiritgan — «kanonirlar» hisobida 14 ta g‘alaba mavjud. Ikkinchi ko‘rsatkich «Manchester Yunayted»ga (13) tegishli bo‘lsa, uchinchi pog‘onani «Liverpul», «Tottenhem» va «Chelsi» (8 tadan) bo‘lishib turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist