Angliya klubi darvozabonni bir haftaga ijaraga oldi
Posbon 22 noyabr kuni yangi jamoasi safida debyut qiladi.
FOTO: Getty Images
Angliyaning «Grimsbi Taun» klubi «Derbi Kaunti» darvozaboni Richard O’Donnelni bir haftaga ijaraga oldi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.
Gap shundaki, yaqinda «Grimsbi»ning asosiy darvozaboni Kristi Pym maydondan chetlatilganidan so‘ng klub turli sabablarga ko‘ra darvozabonsiz qolgan. Shu bois rahbariyat favqulodda tartibda darvozabon ijaraga olishga qaror qilgan.
Endi O’Donnel shanba kuni «Sivindon»ga qarshi o‘yinda jamoa darvozasini qo‘riqlashi kutilmoqda.
«Grimsbi Taun» Angliya futbolining to‘rtinchi divizioni — Liga 2da ishtirok etadi va hozirda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist