locale OZ

Angliya JCh-2026da eng ko‘p masofa bosib o‘tgan terma jamoa bo‘ldi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tomas Tuxel jamoasi turnir boshidan chorak finalgacha taxminan 17 541 kilometr parvoz qilgan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Angliya JCh-2026da eng ko‘p masofa bosib o‘tgan terma jamoa bo‘ldi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati davomida chorak final ishtirokchilari orasida eng ko‘p masofa bosib o‘tdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tomas Tuxel jamoasi turnir boshidan chorak finalgacha taxminan 17 541 kilometr parvoz qilgan. Bu Fransiya terma jamoasi bosib o‘tgan masofadan qariyb olti baravar ko‘p.

Angliya futbolchilari Kanzas-Sitidagi bazadan Dallas, Boston, Nyu-York, Atlanta, Mexiko va Mayamiga safar qilgan hamda aksariyat uchrashuvlardan so‘ng yana bazaga qaytgan.

Chorak finalchilar orasidagi ko‘rsatkichlar:

Angliya — 17 541 km
Marokash — 13 642 km
Ispaniya — 12 594 km
Norvegiya — 11 035 km
Shveysariya — 9 796 km
Argentina — 9 250 km
Belgiya — 5 156 km
Fransiya — 3 091 km

Fransiya esa chorak final ishtirokchilari orasida eng kam masofa bosib o‘tgan jamoa bo‘ldi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting