locale OZ

Angliya JCh-2026 vaqtida futbolchilar yaxshi uxlashlari uchun maxsus uyqu toʻplamlarini yetkazib beradi

Tomas Tuxel jamoa joylashadigan mehmonxonaning sharoitlaridan koʻngli toʻlmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya JCh-2026 vaqtida futbolchilar yaxshi uxlashlari uchun maxsus uyqu toʻplamlarini yetkazib beradi
FOTO: Getty Images

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) 11 iyun kuni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida start oladigan JCh-2026 vaqtida futbolchilarning tiklanishi uchun optimal sharoitlarni taʼminlash maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrishga majbur boʻldi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel turnir davomida jamoa AQSHning Kanzas-Siti shahridagi «The Inn at Meadowbrook» mehmonxonasida joylashishi haqidagi qarordan norozi boʻlgan. Nemis mutaxassisini mehmonxonadagi yashash sharoitlari xavotirga solmoqda. Bunga sabab — mehmonlar tomonidan xonalarning ovoz oʻtkazuvchanligi yomonligi va uyqu paytidagi noqulayliklar borasida bildirilgan shikoyatlardir. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Bunday xavflarni minimallashtirish uchun FA mehmonxonaga sportchilarning sifatli uxlashi va toʻliq tiklanishi uchun moʻljallangan maxsus uyqu toʻplamlarini yetkazib berishni tashkil qiladi. Ushbu toʻplam tarkibiga tana tuzilishiga moslashuvchi individual matras qoplamalari, personallashtirilgan yostiqlar, haroratni tartibga soluvchi gelli yostiqchalar, ergonomik uyqu niqoblari va tashqi shovqinlarni toʻsuvchi maxsus quloqchinlar kiradi.

Bu tashabbus assotsiatsiyaning futbolchilar tiklanishi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. Avvalroq, shunga oʻxshash choralar JCh-2018 vaqtida Rossiyada ham qoʻllanilgan boʻlib, oʻshanda Angliya terma jamoasi Sankt-Peterburgdagi mehmonxonaga qorongʻulashtiruvchi jaluzilar oʻrnatgan edi. Yevro-2024 musobaqasida esa jamoa uyqu sifatini yaxshilash uchun maxsus vositalardan foydalangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting