locale OZ

Angliya JCh-2026 saralashini gol oʻtkazmay yakunladi

Tomas Tuxel shogirdlari ushbu bosqichda raqiblar darvozasini jami 22 bor ishgʻol qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya JCh-2026 saralashini gol oʻtkazmay yakunladi
FOTO: Getty Images
JCH. Saralash. Yevropa
16.11.2025, Yak.
Albaniya
0
Angliya
2

Angliya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining oxirgi, 10-turida Albaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi va saralash bosqichini gol o‘tkazmay, tarixiy natija bilan yakunladi.

Tomas Tuxel yetakchiligidagi jamoa o‘tgan oʻyinlarda jami 22 ta gol urdi.

Angliya jamoasi saralash bosqichida quyidagi natijalarni qayd etdi:

• Albaniya — 2:0, 2:0

• Latviya — 3:0, 5:0

• Andorra — 1:0, 2:0

• Serbiya — 5:0, 2:0

Shu tariqa Angliya 24 ochko to‘plab, «K» guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida 48 milliy jamoa ishtirok etadi, ular 12 guruhga bo‘linadi, har birida 4 ta terma jamoa bo‘ladi.

Turnirning pley-off bosqichiga har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, guruhda uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 jamoa chiqadi. Bundan tashqari, 2026 yilgi Jahon chempionatida yangi bosqich — 1/16 final ham boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting