locale OZ

Angliya futboli afsonasi Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi

"Liverpul", "Gamburg", "Sautgempton" va "Nyukasl" safida to‘p surgan, Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Angliya futboli afsonasi Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi
Foto: Getty Images

Angliya futboli afsonasi, sobiq futbolchi va murabbiy Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi rasman ma'lum qildi. So‘nggi oylarda u saraton kasalligiga qarshi kurash olib borayotgan edi.

Kevin Kigan faoliyati davomida Angliya futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri bo‘ldi. U "Liverpul", "Gamburg", "Sautgempton" va "Nyukasl" safida to‘p surgan, Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u ketma-ket ikki marta — 1978 va 1979-yillarda "Oltin to‘p" (Ballon d'Or) sovrinini qo‘lga kiritgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

Murabbiy sifatida esa "Nyukasl Yunayted", "Fulhem", "Manchester Siti" hamda Angliya terma jamoasini boshqargan. Ayniqsa, uning "Nyukasl"dagi faoliyati ingliz futboli tarixidagi eng esda qolarli davrlardan biri sifatida e'tirof etiladi.

Kevin Kiganning vafoti munosabati bilan futbol olami, sobiq klublari va muxlislar uning oila a'zolariga hamdardlik bildirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting