locale OZ

Angliya futbolchilari JCh-2026 g‘olibligi uchun rekord mukofot puli olishi mumkin

Hisob-kitoblarga ko‘ra, terma jamoa chempion bo‘lsa, har bir futbolchi o‘rtacha 577 ming funt sterling miqdorida bonus olishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya futbolchilari JCh-2026 g‘olibligi uchun rekord mukofot puli olishi mumkin
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi JCh-2026 bosh sovrinini qo‘lga kiritsa, futbolchilar va murabbiylar shtabiga rekord miqdorda mukofot puli beriladi.

Xabarlarga ko‘ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) FIFA'dan olinadigan mukofot pulining qariyb 19 million funt sterlingini bonus sifatida taqsimlaydi. Shundan 15 million funt futbolchilar o‘rtasida, 3 million funt bosh murabbiy Tomas Tuxelga, qolgan qismi esa murabbiylar shtabiga beriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, terma jamoa chempion bo‘lsa, har bir futbolchi o‘rtacha 577 ming funt sterling miqdorida bonus olishi mumkin. Bu Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yirik jamoaviy mukofot pullaridan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA JCh-2026 uchun rekord darajadagi mukofot jamg‘armasini tasdiqlagan. Musobaqa g‘olibi 50 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting