locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Ange Postekoglu: "G'alaba chindan ishonuvchilarnikidir!"

Futbol 21 may 2025 da 19:39
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ange Postekoglu: "G'alaba chindan ishonuvchilarnikidir!"
Photo: gettyimages

Yevropa ligasi final uchrashuvidan keyin, “Tottenxem” bosh murabbiyi Ange Postekoglu matbuot anjumanida qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Hissiyotlarga to'la so'zlarni ajratib olish qiyin. Futbolchilarimdan faxrlanaman. Meni yoqtirgan insonim, Australiyalik sobiq bosh vazir Pol Gettingdan iqtibos keltimoqchiman: ”G'alaba chindan ishonuvchilarnikidir". Haqiqatdan ham shunday. Doim ishonchimni oqlab kelgan ajoyib futbolchilar, Zo'r rahbariyat, qoyilmaqom murabbiylar shtabi, klubdagi oddiy ishchi hodimlar, Lili oq uyida yoki mashg'ulotlar maydonida mehnat qiluvchilar, muhlislar bularni barchasi haqiqiy ishonuvchilardir.

Mavsum davomida muhlislarimizni qiynab kelganimizni tushunaman, lekin bugun ulardagi quvonchni ko'rdim. Ba'zilari o'n yetti yildan beri kubokni yuta olmayapti yoki ba'zilari qirq bir yildan beri yevropa sovriniga ega chiqolmayapti. Boshqalari esa bunday kechani hayotida birinchi marta ko'rib turibdi. Bugungi g'alaba ular ushun sovg'a.

Bu qo'lga kiritgan yutuqlarim ichidagi eng qiyini edi, chunki bizni g'alabamiz shubha ostida turgan edi. Bugungi raqib qanchalar buyuk klubligini bilasiz. G'alaba qozonishimizga ishongan edim.

Yosh iqtidorli jamoamiz bor. Ularga qandaydir muvaffaqqiyatlar haqida aytib berish mumkindir, lekin qachongi o'zlari his qilib ko'rmaguncha bu amalga oshmaydi. Ular bugun shu narsani his qilib ko'rishdi va huddi tog'ga tirmashib chiqqandek bo'lishdi",-deydi mutaxassis

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting