Andrey Pyatnitskiy: Bahs so‘nggida ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi
O'zbekiston kubogi doirasida Barkamolga qarshi o'yindan keyin Azur jamoasi bosh murabbiyi Andrey Pyatnitskiy fikr bildirdi.
"Afsuski, darvozabon xatosi sababli gol o‘tkazib yubordik. Shu sababli strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi va o‘yinning borishini o‘zgartira olmadik. Bahs so‘nggida ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Gol kiritib, xotirjam uchrashuvni yakunlashimiz mumkin edi, ammo buni amalga oshira olmadik va asabiy o‘tdi. Bu mavsumdagi ilk bellashuvimiz va tabiiy qabul qilish kerak. Muhimi — kelgusida buni takrorlamaslik.
O‘ylashimcha, biz Do‘stlik'ni yengishga qodirmiz. To‘g‘ri, Do‘stlik ham jiddiy jamoa, tajribaga ega. Alohida strategiya bilan yondashib, g‘alaba qozona olishimizga umid qilaman. Jamoamizning rejalari katta",-dedi mutaxassis.