locale OZ

Andrey Arshavin Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘yiniga baho berdi

Uchrashuvda vakillarimiz yirik hisobda imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andrey Arshavin Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘yiniga baho berdi
FOTO: Getty Images

Rossiyalik sobiq futbolchi JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida o‘tkazilgan Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvida portugaliyalik futbolchilarda ko‘p jihatlar yaxshi o‘xshaganini ta’kidladi.

Arshavinning fikricha, ikki jamoa o‘rtasidagi klass farqi o‘yin davomida sezilib turgan. U O‘zbekiston terma jamoasi uchun asosiy bahs oldinda — DR Kongoga qarshi uchrashuv bo‘lishini ham qayd etdi.

Sobiq futbolchi Portugaliya uchun erta kiritilgan gol muhim rol o‘ynaganini aytdi. Ayniqsa, Krishtianu Ronalduning gol urgani alohida ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi.

“Bugun portugaliyaliklarda ko‘p narsa o‘xshadi. Eng muhimi, ular boshida gol urishdi va aynan Ronaldu gol kiritdi”, — dedi Arshavin.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya mazkur uchrashuvda O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu esa bahsda dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting