Andres Inyesta firibgarlikda gumon qilinmoqda
Kompaniya 2024 yil iyunida bankrot bo‘lgan.
ФОТО: Getty images
Ispaniyaning “Barselona” jamoasining sobiq afsonasi Andres Inyesta Peru prokuraturasi tomonidan firibgarlik ishi doirasida tergov ostiga olindi. Bu haqda “El Espanol” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan sobiq yarim himoyachisi o‘ziga tegishli Never Say Never (NSN) kompaniyasi va uning Janubiy Amerikadagi sho‘ba korxonasi orqali bir nechta perulik investorlarga 600 ming dollardan ortiq zarar yetkazgan firibgarlik sxemasida gumon qilinmoqda.
Inyestaning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori mablag‘ jalb qilish va mahalliy hamkorlarni ishontirish uchun ishlatilgan. Kompaniya 2024 yil iyunida bankrot bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist