Andres Inesta: "Trebl qiyin, lekin hissiyotlar pozitiv"


Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” sobiq futbolchisi “ko'k-anorranglilar”ning ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida fikr bildirdi.

“Final haqida optimistik ruhdaman. Jamoadagilar oldindagi o'yinlarning qiymatini yaxshi bilishadi. Trebl haqida gapirsam mubolag'a bo'lmas. Avvalo La ligada peshqadamlikni nazorat qilib turibdi, Ispaniya kubogida finalchi va chempionlar ligasida ”Inter"ga qarshi yarim final. Balki bu uch sovrinning hammasini qo'lga kiritish qiyinroqdir, lekin men pozitiv hissiyotdaman va keyingi o'yinlar hammasiga oydinlik kiritadi. Iqtidor va mentalitetsiz g'alaba qozona olmaysiz",-deydi Inesta
Ma'lumot o'rnida, Andres Inesta ayni vaqtda murabbiylikning dastlabki bosqichlarini bosib o'tmoqda.

Futbol
Bugun da 09:19

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01