locale OZ

Andreas Kristensen «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

Tomonlar oʻrtasida 2028-yilga qadar moʻljallangan bitim tuzadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andreas Kristensen «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Andreas Kristensen «Barselona» klubi bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytiradi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolashadi. Futbolchiga Angliya va Italiya klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo‘lganiga qaramay, daniyalik xavbek uchun ko‘k-anorranglilar safida qolish asosiy ustuvor vazifa hisoblanadi.

Yakunlangan mavsumda Kristensen «Barselona» tarkibida barcha turnirlar doirasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi transfer bahosi 8 million yevroni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi muqaddam Myonxengladbaxning «Borussiya» hamda Londonning «Chelsi» klublari sharafini himoya qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting