locale OZ

Andrea Pirlo o‘zining «orzular jamoasi»ni tuzdi

Italiyalik yarimhimoyachi 2001—2011 yillar davomida «Milan» safida toʻp surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andrea Pirlo o‘zining «orzular jamoasi»ni tuzdi
FOTO: Getty Images

«Milan», «Yuventus» va Italiya terma jamoasining sobiq pleymeykeri, futbol olamida «professor» laqabi bilan tanilgan Andrea Pirlo faoliyati davomida birga to‘p surgan jamoadoshlaridan iborat ramziy terma jamoasini shakllantirdi. Pirlo o‘zining «oltin tarkibi» uchun 4-3-3 taktik chizmasini ma’qul ko‘rgan.

Mazkur tanlov aks etgan maxsus video «Rodina» klubining Telegram-kanalida e’lon qilindi. Pirloning talqiniga ko‘ra, jahon futboli yulduzlari quyidagi tartibda joylashgan:

Darvozabon: Janluiji Buffon.

Himoyachilar: Kafu, Paolo Maldini, Alessandro Nesta, Janluka Dzambrotta.

Yarimhimoyachilar: Andrea Pirlo, Daniele De Rossi, Arturo Vidal.

Vingerlar: Ronaldinyo, Kaka.

Hujumchi: Ronaldo.

Ma’lumot o‘rnida, Andrea Pirlo 2001 yildan 2011 yilga qadar «Milan» safida to‘p surib, haqiqiy afsonaga aylangan. Shundan so‘ng u «Yuventus» safiga ko‘chib o‘tib, turinliklar muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shgan. Tajribali yarimhimoyachi faoliyatiga AQSHning «Nyu-York Siti» klubida yakun yasagan.

Italiya terma jamoasi safida 116 ta uchrashuvda maydonga tushgan Pirlo 2006 yilgi Jahon chempionatida «zangori gvardiya» bilan bosh sovringa ega chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting