«Andijon»ning yil davomidagi statistikasi
Yakuniga yetgan mavsumda «Andijon» rasmiy musobaqalarda jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi.
Bu bellashuvlar Superliga, Superkubok, O‘zbekiston Kubogi hamda OCHL-2 turnirlarini o‘z ichiga oladi. Mavsum davomida jamoada 38 nafar futbolchi xizmatidan foydalanildi.
40 uchrashuvda jamoa raqiblar darvozasini 42 bor ishg‘ol qildi. 6 ta gol bilan Doniyor Abdumannopov eng yaxshi to‘purarga aylandi. Usmonali Ismonaliyev va Damir Temirov 5 tadan gol urdi. Kuchli uchlikni 4 gol muallifi Bektemir Abdumannonov yakunladi.
Aynan Bektemir Abdumannonov mavsumning eng samarali futbolchilaridan biri bo‘ldi: u barcha 40 uchrashuvda maydonga tushdi, 2745 daqiqa o‘ynadi, 4 gol urdi va jamoa bo‘yicha eng ko‘p – 8 ta golli uzatma berdi.
Shuningdek, ushbu mavsumda Mohir Komilov, Shohjahon Yorqinboyev, Asad Habibullayev, Bekzod Sulaymonov, Abbos Abdug‘afforov, Miraziz Mahamadaliyev va Abdurahmon Abdullayev Superligada debyut qilishdi.
Umuman olganda, jamoa tarkibida 35 ta assist qayd etildi. «Andijon» futbolchilariga mavsum davomida 69 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi.