Andijonning yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining navbatdagi ish kuni ham yuqori surʼatda oʻtdi
"Andijon" jamoamizning Antaliyadagi navbatdagi ish kuni ham yuqori surʼatda oʻtdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan jamoa kun davomida ikki mahal mashgʻulot oʻtkazib, jismoniy va funksional tayyorgarlikka alohida eʼtibor qaratdi.
Kunning birinchi qismida futbolchilar maydonda toʻp bilan ishlashga urgʻu berishdi. Mashgʻulot davomida tezkorlik, pozitsion harakatlar va yana turli mashqlar bajarildi. Murabbiylar shtabi har bir epizodga diqqat qaratib, taktik jihatdan jamoani yaxlit holatga keltirish ustida ish olib bordi.
Kunning ikkinchi yarmi esa trenajyor zalida davom etdi. Bu yerda futbolchilar kuch, chidamlilik va mushaklar muvozanatini oshirishga qaratilgan maxsus dastur asosida shugʻullanishdi.
Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy nazorati ostida oʻtgan mashgʻulotlar yuqori intensivlikda kechdi.
Antaliya yigʻini davomida har bir kun aniq reja va maqsad asosida tashkil etilmoqda. Jamoa yangi mavsumga bor kuch va masʼuliyat bilan tayyorgarlik koʻrishda davom etyapti.