locale OZ

«Andijon»ning «Shaxtyor»ga qarshi oʻyini keskin qoʼpolliklar fonida oxiriga yetmay qoldi

Oʻyinni litvalik hakamlar brigadasi boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon»ning «Shaxtyor»ga qarshi oʻyini keskin qoʼpolliklar fonida oxiriga yetmay qoldi
Фото: Андижон ПФК

Bugun “Andijon” jamoamiz navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida Qozogʻistonning “Shaxtyor” klubiga qarshi maydonga tushdi. Lekin mazkur bahs yakuniga yetmasdan, aniqrogʻi 54-daqiqada toʻxtatildi.

Oʻyinni litvalik hakamlar brigadasi boshqardi. Afsuski, ushbu referilar bahs boshidanoq oʻyin tizginini qoʻldan chiqarib yuborishdi. Raqib tomonidan qilingan qoʻpolliklarga hakam hech qanday reaksiya bildirmagani natijasida qoʻpolliklar yana davom etaverdi. Buning oqibatida Imeda Ashortia, Dragan Cheran, Abdurahmon Komilov majburiy oʻzgarishlarga sabab boʻldi. 54-daqiqada esa Abdulvohid Gʻulomovga ham yaqqol va jiddiy qoʻpollik ishlatildi va shundan keyin hakam oʻyinni toʻxtatdi va avvalo oʻzlari maydondan chiqib ketishdi.

“Shaxtyor” (Qozogʻiston) - “Andijon” - 0:0…

“Andijon”: Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Odil Abdumajidov, Abdurahmon Komilov, Aleksandr Andronikashvili, Jamshid Boltaboyev, Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov, Imeda Ashortia, Martin Boake.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Usmonali Ismonaliyev, Xumoyunmirzo Iminov, Abdulvohid Gʻulomov, Bekzod Sulaymonov, Kristian Novak, Muhammadkarim Toirov, Damir Temirov, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting