locale OZ

«Andijon»ning navbatdagi raqibi «Shaxtyor» haqida

“Andijon” - “Shaxtyor” bellashuvi 2-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Andijon»ning navbatdagi raqibi «Shaxtyor» haqida
Фото: Андижон ПФК

Antaliyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini jadal surʼatlarda oʻtkazayotgan “Andijon” klubi 2-fevral kuni oʻzining navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi.

Bu safar Qozogʻiston birinchi divizion vakili Qaragʻandaning “Shaxtyor” klubi sparring-raqib vazifasini bajaradi. Ushbu jamoaga 1957-yilning 30-noyabr sanasida asos solingan.

Klubda 4 ta sovrin bor. 2011 va 2012-yillari Qozogʻiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 2013-yili esa Qozogʻiston Kubogini yutgan hamda yana 2013-yili mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan.

“Shaxtyor”ni 65 yoshli mutaxassis Dmitriy Ogay boshqarmoqda. U 2025-yilning 15-dekabrida bosh murabbiylikka tayinlangan.

“Andijon” va “Shaxtyor” jamoalarining bu ilk toʻqnashuvi emas. Yodingizda boʻlsa, oʻtgan yili Antaliyadagi yigʻin doirasida bu klublar oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishgan va oʻshanda “Andijon” raqibini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Eslatib oʻtamiz, bu safargi “Andijon” - “Shaxtyor” bellashuvi 2-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting