“Andijon”ning keyingi manzili Turkiya
“Andijon” jamoasi bugun Toshkent halqaro aeroportida soat 10:00 da Toshkent-Antaliya yoʻnalishida Turkiyaga yoʻl oladi va u yerda “Burgutlar”ning yangi mavsum uchun asosiy oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtadi.
Burgutlarning murabbiylar va tibbiyot shtabiga yangi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, futbolchi sifatida oʻz vaqtida “Andijon” sharafini himoya qilgan, oʻtgan yili “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan Dmitriy Krayev endilikda “Andijon”da tahlilchi vazifasida ish olib boradi. Shuningdek, buxorolik shifokor Olimjon Neʼmatov ham yangi mavsumdan eʼtiboran “Burgutlar”da faoliyat olib boradi. Qolaversa, massajchi Bahodir Tashbekov ham vodiy klubi aʼzosiga aylandi.
Demak, Andijonning delegatsiya tarkibi bilan tanishing!
Bosh murabbiy: Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy: Grigoriy Kolosovskiy
Murabbiylar: Denis Toymensev, Elyor Rahmatullayev
Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Sinelnikov
Tahlilchi: Dmitriy Krayev
Shifokorlar: Gʻofurjon Joʻrayev, Olimjon Neʼmatov
Massajchilar: Bahodir Tashbekov, Omatillo Ortiqov, Aziz Karimov
Administratorlar: Bekzod Karimov, Xursandbek Qosimov
Matbuot kotibi: Shuhratbek Joʻrayev
Operator tahlilchi: Ilhom Iminov
Darvozabonlar: Eldor Adhamov, Rahim Davronov, Neʼmatulloh Rustamjonov.
Himoyachilar: Ibrohim Yoʻldoshev, Nemanya Chalasan, Aleksandr Andronikashvili, Abdurahmon Komilov, Odil Abdumajidov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Elbek Vohidovich, Abdulvohid Gʻulomov, Igor Golban, Kristian Novak, Bekzod Sulaymonov.
Yarim himoyachilar: Abbos Abdugʻafforov, Sardor Azimov, Humoyunmirzo Iminov, Doniyor Abdumannopov, Bektemir Abdumannonov, Damir Temirov, Jamshid Boltaboyev, Muhammadkarim Toirov, Imeda Ashortia, Usmonali Ismonaliyev.
Hujumchilar: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, Dragan Cheran, Asilbek Aliyev.
Rustamjonov, Cheran, Chalasan, Novak Ashortia va Golban Turkiyadagi yigʻinda qoʻshilishadi.
Shuningdek, Shoxjahon Yorqinboyev U-23 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida qatnashayotgani bois “Andijon”ning yigʻiniga keyinroq yetib keladi.