«Andijon»ning ikki jamoasi «Hokim Kubogi» musobaqasida ishtirok etadi
“Andijon” U21 va U19 jamoalarimiz ham yangi mavsum uchun tayyorgarlik ishlarini boshlashdi.
Murabbiylar hozirda seleksiya ishlarini olib borgan holda yangi yosh iqtidorlarni ham sinovdan o‘tkazishni maqsad qilishgan. Buning uchun, albatta, o‘yin amaliyoti zarur.
Shuni ma’lum qilmoqchimizki, Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan Andijon viloyati hokimi kubogi musobaqasi bu safar ham bo‘lib o‘tadi.
U21 hamda U19 jamoalari aynan Andijon viloyati hokimi Kubogi musobaqasida ishtirok etadilar.
Unda jami 8 ta jamoa ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, ikkala yoshdagi jamoalarimiz “A” guruhida “Akademiya” va “Shahrixon MILK” jamoalari bilan birga joy oldi.
Dastlabki tur bahslari 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Andijon” U21 “Shahrixon MILK”ga qarshi, U19 esa “Akademiya” bilan bahs olib boradi.